Mirzo dorixonasi

Yunus Klinika bilan bir binoda. Kechayu kunduz ochiq, dorini uyingizga ham olib boramiz.

15 yillik tajriba

Dorini uyga buyurtma qilish

  1. Qo‘ng‘iroq qiling yoki Instagram Direct’ga yozing

    Dori nomini ayting yoki shifokor yozib bergan retsept rasmini yuboring.

  2. Farmatsevt dori borligini va narxini aytadi

    Yetkazib berish narxi va qancha vaqtda olib borilishini ham shu yerda bilasiz.

  3. Kuryer dorini uyingizga olib boradi

    Urganch shahri bo‘ylab. Kechasi ham buyurtma qilishingiz mumkin.

Har juma dorilar 2% arzon

Juma kuni Mirzo dorixonasidagi dori va vitaminlar 2% chegirma bilan sotiladi.

Shu kuni Yunus Klinikaning muolaja xonasida shprits va sistema bepul.

Dorixonada nimalar bor

Aniq dori bor-yo‘qligini va narxini 91-090-33-27 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib so‘rang.

Retseptli dorilar
Shifokor retsepti bilan beriladi. Klinikada yozilgan retsept bilan to‘g‘ri kelishingiz mumkin.
Retseptsiz dorilar
Isitma, yo‘tal, shamollash va og‘riq uchun kundalik dorilar.
Vitamin va minerallar
D3 vitamini, magniy, omega-3, rux va boshqalar.
Chaqaloq va bolalar uchun
Tagliklar, gigiyena vositalari va bolalar uchun mahsulotlar.
Uy aptechkasi
Ich ketishi, isitma yoki jarohatda birinchi yordam uchun kerakli vositalar.
Tibbiy buyumlar
Shprits, sistema, bint va boshqa buyumlar.
Qandli diabet uchun
Qandli diabeti bor odamlar uchun mahsulotlar.

Qoidalar

  • Retseptli dorilar faqat shifokor retsepti bilan beriladi.
  • Dorining dozasi va necha kun ichilishini shifokor belgilaydi.
  • Sotilgan dori va tibbiy buyumlar qaytarib olinmaydi va almashtirilmaydi.

Qayerda

Urganch, Navoiy ko‘chasi 100

Yunus Klinika bilan bir binoda. Shahar tug‘ruqxonasi (roddom) ro‘parasida, 7-avtobusning oxirgi bekati.

24 soat, har kuni, dam olish kunlarisiz

Xaritada ochish

Avval shifokorga ko‘rsatish kerakmi?

Yunus Klinika pediatrlari 24 soat qabul qiladi, 00:00 dan 08:00 gacha ko‘rik bepul.