Farzandingiz kasal bo‘lsa, soatga qaramang.

Yunus Klinika Urganchda 24 soat ishlaydi. Pediatrlar jamoasi, laboratoriya va muolaja xonasi bir binoda, yonida esa kechayu kunduz ochiq dorixona.

Urganch, Navoiy ko‘chasi 100, shahar tug‘ruqxonasi (roddom) ro‘parasida

Farzandingizga kerakli yordam shu yerda

Bepul xizmatlar

Tungi ko‘rik bepul
00:00 dan 08:00 gacha pediatr ko‘rigi uchun pul olinmaydi.
Mashina uyingizdan olib keladi
20:00 dan 08:00 gacha klinika mashinasi bemorni uyidan olib keladi va qaytarib qo‘yadi. Faqat shahar ichida, ko‘rik narxiga kiritilgan.
40 kunlikkacha chaqaloqlar
Pediatr bir marta bepul ko‘rib chiqadi: emizish, vazn, sariqlik, kindik, kolika. Tug‘ilganlik guvohnomasini olib keling.
Chilla davridagi onalar
Ginekolog va terapevt tug‘ruqdan keyingi holatni bir marta bepul tekshiradi.
Har juma
Muolaja uchun shprits va sistema bepul, Mirzo dorixonasida dorilar 2% arzon.

Shifokorlar

Klinikada 8 nafar pediatr ishlaydi: kunduzgi qabul va kechki smena alohida. Batafsil ma’lumot va qabulga yozilish uchun shifokor ismini bosing.

Pediatrlar

Bolalar nevrologi va massaj

Kattalar uchun

UZI

Narxlar

Narxlar 2026-yil iyun holatiga. Boshqa tahlillar narxini qo‘ng‘iroq qilib bilib oling: 78-707-03-03.

Ko‘rik
Pediatr ko‘rigi (Durjonoy Jumaniyozova)150 000 so‘m
Pediatr ko‘rigi (Sardor Quramboyev, Mirjalol Ochildiyev)100 000 so‘m
Bolalar nevrologi ko‘rigi100 000 so‘m
Laboratoriya
Umumiy qon tahlili65 000 so‘m
S-reaktiv oqsil (SRB)75 000 so‘m
Qand (glyukoza)40 000 so‘m
Koprogramma va axlatda yashirin qon105 000 so‘m
Umumiy peshob tahlili80 000 so‘m
Vitamin D165 000 so‘m
Kalsiy (Ca)45 000 so‘m
Magniy (Mg)45 000 so‘m

Combo paketlar

Shifokor ko‘rigi va shu shifokor tavsiya qiladigan asosiy tahlillar birga, chegirmali narxda.

ShifokorNima kiradiAlohidaCombo
Durjonoy JumaniyozovaKo‘rik, qon, qand, koprogramma, peshob, vitamin D605 000 so‘m540 000 so‘m
Sardor QuramboyevKo‘rik, qon, SRB, koprogramma, peshob, vitamin D590 000 so‘m525 000 so‘m
Mirjalol OchildiyevKo‘rik, qon, qand, koprogramma, peshob, vitamin D555 000 so‘m490 000 so‘m
Shahodat Ro‘zmetovaNevrolog ko‘rigi, qon, kalsiy, magniy, vitamin D420 000 so‘m375 000 so‘m

Oila combo: 3 kishi to‘laydi, 4-kishi bepul

Oilangizdan uch kishi tahlil topshirsa, to‘rtinchi kishi tahlillarni bepul topshiradi. Har bir ishtirokchi o‘ziga kerakli tahlillarni kamida 500 000 so‘mlik tanlaydi.

Ota-onalar ko‘p so‘raydigan savollar

Kechasi pediatrga qanday boraman?

Klinika 24 soat ochiq: 78-707-03-03 ga qo‘ng‘iroq qiling yoki to‘g‘ri keling. 00:00 dan 08:00 gacha pediatr ko‘rigi bepul. 20:00 dan 08:00 gacha shahar ichida klinika mashinasi uyingizdan olib keladi va qaytarib qo‘yadi.

Onlayn yozilish qanday ishlaydi?

Saytda shifokor va kunni tanlab yozilasiz. Keyingi sahifada navbat raqamingiz va sizdan oldin nechta odam borligini kuzatib turasiz. Kelolmasangiz, bronni saytning o‘zida bekor qilishingiz mumkin.

Laboratoriya yakshanba kuni ishlaydimi?

Ha, laboratoriya har kuni 8:00 dan 18:00 gacha ishlaydi, yakshanba ham.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘rikka olib kelsam, nima olib kelaman?

40 kunlikkacha chaqaloqlar pediatr ko‘rigidan bir marta bepul o‘tadi. Tug‘ilganlik guvohnomasini olib keling.

Combo paket nima?

Shifokor ko‘rigi va shu shifokor tavsiya qiladigan asosiy tahlillar birga, alohida to‘lagandan arzonroq. Narxlari quyidagi «Narxlar» bo‘limida.

Uzoqda yashaymiz. Onlayn maslahat bormi?

Ha. Klinikaning Instagram sahifasiga Direct’da «online konsultatsiya» deb yozing, administratorlar tartibini tushuntiradi.

Muolaja xonasiga otasi kira oladimi?

Bemorlar uchun tinch sharoit bo‘lishi uchun muolaja va laboratoriya xonalariga erkak kishilar kirmaydi.

Mirzo dorixonasi

Shifokor yozib bergan dorini shu binoning o‘zidan, kechasi ham olasiz.

  • Klinika bilan bir binoda, 24 soat ochiq
  • Shahar bo‘ylab yetkazib berish
  • Har juma dorilar 2% arzon
  • 15 yillik tajriba

Dorini buyurtma qilish va yetkazib berish

91-090-33-27Buyurtma berish va dorixona haqida

Manzil va ish vaqti

Urganch, Navoiy ko‘chasi 100

  • Shahar tug‘ruqxonasi (roddom) ro‘parasida
  • 7-avtobusning oxirgi bekati
Klinika va muolaja xonasi
24 soat, har kuni
Laboratoriya
8:00–18:00, yakshanba ham
Kechki smena pediatrlari
18:00–08:00
Mirzo dorixonasi
24 soat, har kuni